O‘zbekiston | 08:52 / 28.09.2024
1195
1 daqiqa o‘qiladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 30 sentabr kuni chaqiriladi

Unda qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish kabi qonunlar muhokama qilinadi.

Foto: senat.uz

Oliy Majlis Senatining ellik sakkizinchi yalpi majlisi 30 sentabr kuni chaqiriladi.

Video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Xususan, qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.

Shuningdek, senatorlar Senat kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid