Sport | 23:12 / 30.09.2024
8558
2 daqiqa o‘qiladi

Abduqodir Husanov «PSJ» e’tiboriga tushdi – insayder

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov «PSJ» klubi e’tiboriga tushgan.

Foto: MadeInFoot

Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parij klubi o‘zbekistonlik himoyachiga qiziqish bildirayotgani xabar qilgan.

«PSJ» braziliyalik himoyachi Markinosga o‘rinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod», - deyiladi manbada.

«Foot01» sayti o‘zbekistonlik futbolchini e’tirof etgan.

«Abduqodir Husanov mavsumni yaxshi boshladi va uni tez orada Yevropaning top-klublarida ko‘rishimiz mumkin, masalan «PSJ»da. Jamoa asosiy himoyachisi Kevin Dansoning jarohat olganiga qaramay, «Lans» himoyasi barqarorlik namoyish etmoqda. Jamoa Fransiya chempionatida 6 o‘yinda atigi 2ta gol o‘tkazdi. Husanov himoyada ajoyib o‘yinlar namoyish etmoqda», - deyiladi «Foot01» sayti xabarida.

«Lans» yangi bosh murabbiyi Uill Still ham Husanovni maqtagan:

«U juda kamgap, kuchli va tezkor o‘yinchi. Bu yerga kelganimda Dansoda muammolar bor edi. Shunda Jan-Luis Leka xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini, Kevinning o‘rnini Husanov bemalol egallashini aytdi», - deydi angliyalik murabbiy.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanovning lansliklar bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.

Mavzuga oid