Alisher Usmonov Germaniya sudida yana bir bor yutib chiqdi
Bu safar sud uning Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi hakamlariga pora bergani haqidagi ma’lumotlarni tarqatishni taqiqladi.
Germaniyaning Hamburg shahri sudi rossiyalik oligarx Alisher Usmonovning Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) hakamlariga pora bergani haqidagi ma’lumotlarni tarqatishni taqiqladi. Avvalroq shu mazmundagi xabar ARD telekanali efirida yangragan edi.
Sud qaroriga ko‘ra, bu ma’lumot ishonchsiz deb topildi va «shubhaga asoslangan nomaqbul xabarlar» sifatida tavsiflandi. Agar javobgar sud buyrug‘ini buzsa, bunday qoidabuzarlik uchun 250 ming yevro jarimaga tortiladi yoki qamoqqa olinadi.
Usmonovning advokatlari shu yilning avgust oyida ARD telekanali tomonidan e’lon qilingan ikkita maqola va hisobot yuzasidan sudga murojaat qilgan edi. Ularda telekanal jurnalisti oligarxni hakamlarga pora berish tizimini yaratishda ayblagan. Usmonov FIE prezidenti lavozimida 2022 yil boshigacha, unga qarshi G‘arb sanksiyalari joriy qilingan vaqtgacha ishlagan. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining amaldagi rahbariyati bu ma’lumotlarning haqiqiyligini rasman rad etdi.
Usmonov Yevropa sudlarida o‘zini muvaffaqiyatli himoya qilmoqda. Avvalroq, mart oyida Hamburg sudi Forbes nashriga oligarx Vladimir Putinning «yaqin odami» ekanligi va «uning biznes muammolarini hal qilgani» haqida ma’lumot tarqatishni taqiqlagan edi. Shu bilan birga, keyinchalik, uning advokatlari Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boshqarmasi va shved iqtisodchisi Anders Oslundni Usmonov va uning singlisi Gulbahor Ismoilova haqidagi tvitlarini o‘chirishga erishgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:02 / 25.11.2024
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
21:25 / 25.11.2024
Kurskka yana ATACMS uchdi. Navbat «Oreshnik»gami?
21:11 / 25.11.2024
Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalari maktabga qabul qilinmasligi mumkin
13:37 / 25.11.2024