AQSh Su-35'ning Alyaska yaqinidagi «xavfli manyovri»ni tanqid qildi
Shimoliy Amerika Havo-kosmik mudofaa qo‘mondonligi F-16 yaqinidan Su-35 uchib o‘tgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Shimoliy Amerika Havo-kosmik mudofaa qo‘mondonligi (NORAD) 30 sentabr, dushanba kuni o‘zining X mikroblogida Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyoti Alyaska yaqinida Amerika F-16 samolyoti yaqinidan uchib o‘tgani tasvirlangan kadrlarni e’lon qildi. Videoga izoh bergan NORAD rahbari general Gregori Giyo manyovrni «xavfsiz, noprofessional va hamma uchun xavf tug‘diruvchi» deb atadi.
Ta’kidlanishicha, hodisa 23 sentabr kuni NORAD samolyotlari «Alyaska havo mudofaasi himoyasi zonasida (Alaska Air Defense Identification Zone, ADIZ) Rossiya harbiy samolyotlarini xavfsiz va tartibli tutib olish»ni amalga oshirganida sodir bo‘lgan. CBS News telekanali o‘z veb-saytida aniqlik kiritishicha, bu hudud AQSh suveren havo hududidan tashqarida joylashgan, biroq bu hududda samolyotlar tanib olish uchun o‘zi haqida ma’lumot berishi kerak.
Rossiya qiruvchi samolyotlari u yerda «130 ga yaqin amerikalik askarlar Qo‘shma Shtatlar g‘arbiy chegaralarida Rossiyaning harbiy faolligi ortib borayotgan bir paytda uzoqdagi Alyaska oroliga (Alyaskaning Aleut orollari tarkibiga kiruvchi Shemya oroli) mobil raketa uchirgichlari bilan vaqtincha joylashtirilganidan bir necha kun o‘tib payqalgan», deb davom etadi nashr.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, AQSh harbiylari Shemya oroliga Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar paytida sakkizta rus harbiy samolyoti va to‘rtta Rossiya harbiy-dengiz floti kemasi, shu jumladan ikkita suvosti kemasi o‘tib ketayotgan paytda yuborilgan («Beybu/Hamkorlik-2024» manyovrlari). «Ushbu samolyotlarning hech biri AQSh havo hududini buzmagan», deb ta’kidlaydi nashr.
Rossiya samolyoti bir kunda Yaponiya havo chegaralarini uch marta buzdi
23 sentabr kuni Yaponiyaning F-15 va F-35 qiruvchi samolyotlari Yaponiya havo hududini buzgan Rossiya harbiy razvedka samolyotiga ogohlantiruvchi raketalar uchirdi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ). Ta’kidlanishicha, bu voqea 1958 yildan beri yapon mudofaa kuchlarining ogohlantiruvchi raketalari uchirilgan birinchi shunday hodisaga aylandi.
Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yoshimasa Xayashining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Il-38 patrul samolyoti 23 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan 16:00 gacha Yaponiya shimolidagi Rebunna oroli suvlari ustidan uchib uch marta Yaponiya havo hududiga kirgan.
Yoshimasa Xayashi qo‘shimcha qilishicha, Yaponiya ushbu qoidabuzarlik yuzasidan Rossiyaga «o‘ta kuchli norozilik» bildirdi. WSJ ta’kidlaganidek, Yaponiya harbiy-havo kuchlari ikki marta Rossiya samolyotiga havo hududini tark etish to‘g‘risida ogohlantirish va talablar yuborgan, uchinchi ogohlantirishdan so‘nggina signal raketalarini uchirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi nashrning vaziyatga izoh berish so‘roviga javob qaytarmadi.
Mavzuga oid
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024