Qorako‘lda mashina urib ketishi oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
Kun.uz manbasiga ko‘ra, holat bugun erta tongda sodir bo‘lgan: ikki o‘quvchi qiz repetitorga ketayotganida ularni mashina urib yuborgan. Buxoro viloyati IIB va MMTB mas’ullari negadir holatni yashirishga urinmoqda.
Maktab o‘quvchilarining o‘limi bilan bog‘liq navbatdagi YTH Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, YTH bugun erta tongda, soat taxminan 5:00–6:00lar atrofida sodir bo‘lgan. Tumanning Tojikent mahallasida yashovchi, hududdagi 27-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilari ekani aytilayotgan ikki qiz repetitorga ketayotganida ularni mashina urib yuborgan. YTH oqibatida o‘quvchi qizlardan biri vafot etgan, ikkinchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
O‘quvchi qizlar Tojikent mahallasidan ekanini ushbu mahalla raisi Kun.uz’ga tasdiqladi.
Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro viloyati IIB YHXB matbuot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurullayev bilan bog‘landi. Lekin u shaxsiy tadbirda ekanini aytib, so‘rovimizni javobsiz qoldirdi.
Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari holatdan xabari yo‘qligini, boshqarma mas’ullari bilan bog‘lana olmaganini ma’lum qildi.
Avvalroq Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘lgandi.
Oxirgi haftalarda Qashqadaryoning Qamashi tumanidagi maktab oldida 8-sinf o‘quvchisi, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi maktab oldida esa 11 yoshli qiz halok bo‘ldi. Toshkent shahri Sergeli tumanida 9 yoshli qiz, Shayxontohur tumanida 19 yoshli qiz avtohalokat qurboni bo‘ldi.
Oliy Majlis Senati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning dastlabki besh oyi davomida 65 nafar o‘quvchi avtohalokatlarda qurbon bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olgan.
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
09:31 / 20.11.2024