Putin urushda qatnashayotgan sudlanuvchilarni jazodan ozod qildi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti safarbarlik va urush davrida Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzgan shaxslarga nisbatan sud ishlarini tugatishga ruxsat beruvchi qonunlarni imzoladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 oktyabr, chorshanba kuni safarbarlik paytida yoki urush vaqtida ishi birinchi instansiya yoki apellyatsiya sudida ko‘rib chiqilayotgan ayblanuvchilar bilan shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi ikkita qonunni imzoladi. Har ikkala qonun ham huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilingan.
Avvalroq, 24 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi yig‘ilishida ikkala qonun loyihasi ham ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qullangan edi. Qonun loyihalaridan birinchisi, agar sudlanuvchilar safarbarlik davrida yoki urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan bo‘lsa, jinoiy ish yuritishni to‘xtatib turish, keyin esa jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi. Qonun shuningdek, safarbarlik davrida, harbiy holat yoki urush davrida RF Qurolli kuchlarida xizmat qilish paytida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan sud ishlarini to‘xtatib turish imkoniyatini nazarda tutadi.
Xuddi shunday huquqiy mexanizm hukm chiqarilgan, lekin qonuniy kuchga kirmagan mahkumlarga, shu jumladan apellyatsiya bosqichida ham qo‘llanadi.
Ikkinchi qonun loyihasining mohiyati
Ikkinchi hujjat safarbarlik, harbiy holat va urush davriga ham tegishli. Bu Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi shartnomani sud muhokamasi bosqichida ayblanuvchi (sudlanuvchi) shaxslarning ayrim toifalari bilan, agar prokuror ularga nisbatan jinoyat ishini mohiyatan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborgan bo‘lsa, tuzishga imkon beradi.
Birinchi qonun loyihasi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksiga va ikkinchi qonun loyihasi bo‘yicha «Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mavzuga oid
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
23:01 / 21.11.2024
Putin Dneprga «Oreshnik» nomli o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketa bilan zarba berilganini ma’lum qildi
20:56 / 21.11.2024