O‘zbekiston | 14:40
654
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha O‘zbekistondan metall konstruksiyalarini import qilishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasida Polshaning Equnico kompaniyasi prezidenti Kshishtof Dlugosh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot chog‘ida Equnico kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, qurilish, energetika sohalarida yangi loyihalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston ishlab chiqarilgan metall konstruksiyalari eksportini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya prezidenti Kshishtof Dlugosh tashkilotning 2026 yilgacha bo‘lgan strategiyasida O‘zbekistondagi energiya va tez rivojlanayotgan developerlik bozoriga faol investitsiya kiritish maqsadi kiritilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Equnico O‘zbekistonda energetika, qurilish hamda bitum va beton mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan yangi biznes konsepsiyasini yaratish jarayoni ustida ishlamoqda.

"O‘zbekistonning infratuzilmani va sanoatni rivojlantirish uchun faol investitsiya kiritayotgani muhim ahamiyatga ega. Bu esa korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu imkoniyatlardan foydalanib biz O‘zbekistonda developerlik faoliyatini rivojlantirishni rejalashtiryapmiz. Birinchi developerlik loyihasi Toshkentda turar joy maydonini qurish bo‘ladi", dedi u.

Uchrashuv yakunida, O‘zbekistondan Polshaga metall konstruksiyalarini eksport qilish masalasini muhokama qilish maqsadida Kshishtof Dlugoshning oktyabr oyida safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid