Toshkent aeroportida sog‘ligi yomonlashgan ayol vafot etgani ma’lum qilindi
Marhumaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Dubay-Toshkent yo‘nalishida uchib kelib, bojxona ko‘rigida navbatda turgan ayolning sog‘lig‘i yomonlashgani va shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, holat 2024 yil 7 oktyabr kuni sodir bo‘lgan va ayol shifoxonada vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, Dubay-Toshkent yo‘nalishida uchib kelib, sog‘ligi yomonlashgan 38 yoshli ayol Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga olib kelingan.
Tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan ayolda biologik o‘lim holati qayd etilgan.
Qayd etilishicha, marhumaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda ayolning o‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, Bosh prokuratura matbuot kotibi uning vafot etganini rad etib chiqqan va ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
14:37 / 08.10.2024
Toshkent aeroportida yo‘lovchi ayol vafoti haqidagi xabar rad etildi
14:07 / 09.09.2024
9 sentabrda mahalliy aviareyslarning ayrimlari xalqaro terminalda amalga oshiriladi
18:28 / 10.05.2024