Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik olimlar dush va tish cho‘tkasida yuzlab noma’lum viruslarni aniqladi
Topilgan viruslarning ko‘pchiligi ilgari hech qayerda qayd etilmagandi. Ammo tadqiqotchilar xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini ta’kidlamoqda.
AQShning Shimoli-g‘arbiy universiteti xodimlari oddiy yuvinish xonalardagi buyumlarni o‘rganib, hayratga tushdi. Tadqiqot davomida ular ajoyib bioxilmaxillikka duch kelgan. Olimlar ta’kidlashicha, topilgan viruslarning ko‘pchiligi ilgari hech qayerda qayd etilmagandi.
Aholi xonadonlarida nam muhitni xush ko‘radigan qanday mikroblar yashashiga qiziqqan tadqiqotchilar dush jo‘mragi va tish cho‘tkalariga e’tibor qaratdi. Mutaxassislar bir qator buyumlardagi organizmlarni tahlil qildi. Universitet bayonotida viruslar soni “juda ko‘p” deb ta’riflandi — namunalarda 600 dan ortiq boshqa joyda uchramaydigan viruslar aniqlandi. Biroq bu haqda tashvishlanishga hojat yo‘q.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu mikroorganizmlar bakteriyalarni zararlaydi va ularning ichida ko‘payadi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bunday bakteriofaglardan antibiotiklarga chidamli bo‘lgan bakterial infeksiyalarga qarshi kurashishda foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, viruslar orasida mikobakteriofaglar ham uchragan. Ular moxov, sil va surunkali o‘pka kasalliklarini keltirib chiqaruvchi patogenlarni zararlaydi. Olimlar o‘z kashfiyotlari bilan xavfli kasalliklarga ta’sir ko‘rsatishga umid qilmoqda.
Tadqiqot mualliflarining ishontirishicha, hammomlardagi bioxilmaxillik odamlarga tahdid solmaydi. Ayrim qoidalarga rioya qilishning o‘zi yetarli. Masalan, jo‘mrakni muntazam ravishda sovun bilan yuvish, shuningdek, tish cho‘tkalarini o‘z vaqtida yangilash lozim. Bunda olimlar antimikrob tish cho‘tkalaridan foydalanishni tavsiya etmaydi. Bunday tanlov antibiotiklarga chidamli yangi bakteriyalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi
08:02 / 05.04.2025