Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, B.I. (firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro B.R.ga Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, unga qalbaki hujjatlarni tayyorlab berib, evaziga 9 300 dollarni qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Tekshiruv davomida B.I. tomonidan 500 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
11:36 / 12.04.2025