O‘zbekiston | 08:50 / 11.10.2024
5792
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2023 yilda 100 tonna oltin qazib olindi

O‘zbekistonda qazib olish hajmi 2022 yilga nisbatan 4 tonnaga kamaygan. 

Foto: Adobe Stock

Qozog‘istonda 2023 yilda 130 tonna, O‘zbekistonda 100 tonna oltin qazib olingan. AQSh Geologiya xizmati shunday ma’lumot berdi.

Qozog‘istonda qazib olish hajmi 2022 yilga nisbatan 15 tonnaga ko‘paygan, O‘zbekistonda esa 4 tonnaga kamaygan. Rossiyada 310 tonna oltin qazib olinib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga mos keladi.

Umuman olganda, 2023 yilda jahonda 3 ming tonna oltin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2022 yilga nisbatan 60 tonna kam. 

Qirg‘izistonda oltin qazib olish hajmi bo‘yicha so‘nggi baholashni AQSh Geologiya xizmati hali e’lon qilmagan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Qirg‘izistonda 25,3 tonna oltin qazib olingan.

Mavzuga oid