Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda birinchi marta KXL o‘yini o‘tkaziladi
«Spartak Moskva» - «Dinamo Minsk» o‘yini 22 dekabr kuni «Humo Arena»da bo‘lib o‘tadi.
Moskvaning «Spartak» klubi Kontinental xokkey ligasi (KXL) doirasida Minskning «Dinamo» klubiga qarshi bahsni Toshkentda o‘tkazadi.
O‘yin 22 dekabr kuni 12 ming o‘rinli «Humo Arena»da bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston KXL o‘yinini o‘tkazgan 16-davlat bo‘ladi, deb xabar berdi RBK. Shuningdek, O‘zbekiston birinchi marta KXL o‘yiniga mezbonlik qiladi.
Kontinental xokkey ligasi 2008 yilda Rossiya hamda Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlari klublari uchun tuzilgan xalqaro xokkey ligasi. 2024/25 yilgi mavsumda ligada 23 ta klub ishtirok etmoqda: Rossiyadan 20 ta, Belarus, Qozog‘iston va Xitoydan bittadan.
KXL muntazam chempionati g‘olibi Kontinent Kubogini, pley-off g‘olibi Gagarin Kubogini qo‘lga kiritadi. Liga G‘arbiy va Sharqiy konferensiyalarga ajratilgan. «Spartak» G‘arbiy konferensiyada ikkinchi, «Dinamo Minsk» yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:01 / 07.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretskining rekordini yangiladi
17:12 / 05.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretski rekordiga yetib oldi
21:18 / 06.03.2025