O‘zbekiston | 17:00 / 12.10.2024
2892
4 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida SAMMET korxonasining yangi bazasi ochildi

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida SAMMET korxonasining metall mahsulotlari yetkazib berish va saqlash uchun mo‘ljallangan yangi omborxonasi ochildi. Ombor zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, import mahsulotlarning keng assortimenti, ularni tez va samarali yetkazib berish imkoniyatlari yaratilgan.

“SAMMET korxonasining aynan Samarqandda joylashgan ombori strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki davlat rahbari tomonidan Samarqandga qaratilayotgan e’tiborni his qilgan holda aynan shu viloyatni tanladik. Samarqandda yaqin orada bo‘ladigan qurilishlar, atrofdagi viloyatlarda bo‘ladigan qurilishlar savdomizga va tuman-shahar arxitekturasi go‘zallashishiga, murakkab konstruksiyadagi binolar ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunga o‘z hissamiz qo‘shiladi deb o‘ylaymiz.

Korxonamiz butun respublika bo‘ylab mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning metall mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan metall mahsulotlarini xorijiy korxonalardan importini ham amalga oshiramiz.

SAMMET korxonasi bundan 10 yil avval “SAMMET-SAVDO” brendi ostida faoliyat boshlagan bo‘lsa, hozirda respublikaning Namangan, Toshkent, Buxoro va Samarqandda filiallariga ega.

Bu yildan rebrending qilib zamonaviy tizim, zamonaviy yechim bilan Samarqand namunasida respublikadagi boshqa omborlarini ham shu shaklga keltirishni boshladik. Boshqa hududlarda ham o‘z xizmatlarimizni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz”, dedi SAMMET korxonasi ijrochi direktori Elmurod Murodov.

Tantanali ochilish marosimida korxona rahbarlari va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat vakillari ishtirok etishdi. SAMMET korxonasining yangi bazasi iqtisodiyotni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va aholiga ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega. SAMMET Samarqand filiali rahbari Javlon Mardonovga ko‘ra, ushbu loyiha orqali mahalliy aholi vakillariga ish o‘rinlari ham yaratilmoqda.

“Yangi bazamiz Samarqandning eng qulay manzilida – Past Darg‘om tumanida ochilgan. Bugungi kunda 3-4 mln AQSh dollari atrofida sarmoya kiritgan bo‘lsak, 2025 yilda 10 mln dollarga ko‘tarmoqchimiz.

Samarqanddagi omborimiz boshqalariga nisbatan eng katta ombor sanaladi. Bu yerda 4000-4500 tonna mahsulot saqlanadi. Mavsumiy jarayonlarda narxlarning sun’iy ko‘tarilib ketishi oldini olish maqsadida doimiy rezerv saqlab boramiz.

Yirik qurilish kompaniyalaridan katta miqdorda buyurtmalar olganda to‘g‘ridan to‘g‘ri zavoddan yetkazib berish kabi xizmatlarimiz ham bor. Mahsulotlarimiz kafolatlangan, tegishli sertifikatlarga ega. SAMMET – metall mahsulotlari savdosi va savdoni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi”, deydi u.

SAMMET korxonasining respublikaning boshqa hududlarida ham o‘zining maxsus omborlariga ega. Samarqanddagi yangi baza ochilishi kompaniya ish faoliyatini kengaytirish va mahsulotlar savdosini yangilash imkoniyatlarini oshiradi. Bundan tashqari ushbu loyiha Samarqand viloyatidagi iqtisodiy rivojlanishga ham katta hissa qo‘shadi. Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni rasmiy sahifalar orqali olishingiz mumkin:

Telegram: https://t.me/sammetuz

Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61565896567505&mibextid=LQQJ4d

Instagram: https://www.instagram.com/sammetuz?igsh=OW1kYmh4M25mdXhh

Veb-sahifa: www.sammet.uz

Elektron manzil: info@sammet.uz

Reklama