Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda to‘y mavsumi iqtisodiyotga 70 milliard dollar daromad keltiradi
Joriy mavsumda mamlakat bo‘ylab 5 millionga yaqin to‘y bo‘ladi. Bu «qulay astrologik sanalar» ko‘pligi bilan bog‘liq
Hindistonda navbatdagi to‘y mavsumi boshlandi, Savdo konfederatsiyasiga ko‘ra, bu mamlakat iqtisodiyotiga 70 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi. Hindlar uchun to‘y hayotdagi eng muhim voqealardan biri bo‘lib, oilalar bayramdan ancha oldin tayyorgarlik ko‘rishadi va farzandlari tug‘ilganidanoq pul to‘plashni boshlaydi.
Odatda, to‘y mavsumi qishloq xo‘jaligi ishlarining tugashiga to‘g‘ri keladi, chunki ob-havo katta ochiq tadbirlar uchun qulayroq bo‘ladi. Dekabr oyining o‘rtalariga qadar davom etadigan, keyin esa yanvar oyida davom etadigan bu mavsumda ko‘plab to‘y marosimlari turli tadbirlar, raqslar va taomlar bilan o‘tkaziladi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu yil to‘ylar soni 4,8 millionga yetadi, bu o‘tgan yilgi 3,5 millionga nisbatan sezilarli o‘sishdir. Bu o‘sish «qulay astrologik sanalar» ko‘pligi bilan bog‘liq, odatda aynan ular nikoh sanasini begilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qayd qilinishicha, bu mavsumda bir yil oldingi 11 kunga nisbatan 18 ta shunday kun bo‘ladi.
Hindistonda to‘ylar uchun harajatlar oddiydan hashamatligacha. Badavlat oilalar orasida bayram o‘tkazishning o‘rtacha narxi taxminan 30 million rupiyni (360 ming dollar) tashkil qiladi. Oddiyroq to‘ylar uchun budjet 3,5 ming dollarni tashkil qiladi, o‘rta darajadagi to‘ylar esa har bir oila uchun taxminan 100-150 ming dollar turadi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025