Sport | 10:50
1474
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Keniyalik sportchi Rut Chepngetich Chikago marafonida g‘alaba qozonib, 2 soat 9 daqiqa 57 soniya natija bilan ayollar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Erkaklar o‘rtasida rekordchi uning vafot etgan hamyurti Kelvin Kiptum bo‘lib qolmoqda.

Foto: Paul Harding / Freelancer / Getty Images Sport

Keniyalik 30 yoshli sportchi Rut Chepngetich 13 oktyabr, yakshanba kuni Chikago marafonida g‘alaba qozonib, ayollar o‘rtasida 2 soat 9 daqiqa 57 soniya natija qayd etib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi

U 2023 yil sentabr oyida Berlin marafonida efiopiyalik yuguruvchi Tigist Assefa tomonidan o‘rnatilgan avvalgi rekordni bir daqiqa-yu 56 soniyaga yangilagan.

Erkaklar o‘rtasida rekordchi uning vafot etgan hamyurti Kelvin Kiptum bo‘lib qolmoqda.

Chepngetich marafonda 2019 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, 2021 yil aprel oyida Istanbulda yarim marafon masofasida jahon rekordini o‘rnatgan edi – 1 soat 4 daqiqa 2 soniya.

Mavzuga oid