O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Afg‘onistonga bordi
Afg‘onistonning Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi "Tuti-Maydon" tabiiy gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Shu yilning 9-10 oktyabr kunlari O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatilla Ergashev va "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Bahodir Siddiqov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Afg‘onistonda bo‘ldi.
Tashrif doirasida Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbariyati va rasmiylari bilan uchrashuv hamda muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Ismatilla Ergashev hukumat matbuot markazida Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Kon va neft vaziri vazifasini bajaruvchi Hidoyatulloh Badriy va boshqa rasmiy shaxslar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.
Ismatulla Ergashev o‘z nutqida ishtirokchilarni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘onistonni iqtisodiy integratsiya jarayonlariga jalb etish bo‘yicha tashabbuslari bilan tanishtirdi.
2024 yil 29 avgust kuni O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida ochilgan "Termiz" xalqaro savdo markazi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu markaz ishga tushirilgandan so‘ng minglab afg‘onlarning turli tovarlar xaridi, savdo-sotiq qilish maqsadida ushbu hududga borishi keskin ko‘paydi. Qayd etilishicha, markaz hududiga kirish tartibi 15 kungacha bo‘lgan muddatga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston-Afg‘oniston tadbiri yakunida Afg‘onistonning Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi "Tuti-Maydon" tabiiy gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024