Jahon | 18:10
2175
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar miyaning ayrim qismlarini “yoqish va o‘chirish” yo‘lini o‘rgandi

Endi olimlar turli kasalliklarga chalingan neyron zanjirlarini uzishi va odamlarga depressiya, og‘riq yoki harakat tizimidagi boshqa buzilishlarga qarshi kurashda yordam berishi mumkin bo‘ladi.

Foto: Unsplash

AQShdagi Weill Cornell Medicine kolleji, Rokfeller universiteti va Ikan tibbiyot maktabi olimlari miyadagi neyron guruhlarining faolligini boshqarishga imkon beradigan gen terapiyasi texnologiyasini ishlab chiqdi.

G‘oyaga ko‘ra, u magnit maydon yordamida inson miyasidagi zanjirlarni o‘chirishi yoki yoqishi mumkin, bu esa Parkinson kasalligi yoki depressiya, surunkali og‘riq va hatto semizlik kabi boshqa kasalliklarni davolashga yordam beradi.

Qizig‘i shundaki, fan va texnika rivojlanishi bilan birga miya kasalliklarini davolashning turli usullari paydo bo‘la boshladi. Misol uchun, ma’lum nerv hujayralariga yorug‘likka sezgir oqsillarni yetkazib bera oladigan optogenetika usuli. Biroq buning uchun optik tolali implant kerak bo‘lardi, ammo yangi tadqiqotda undan foydalanmasdan ham muvaffaqiyatga erishildi.

Dastlab olimlar maxsus xususiyatlarga ega oqsilni yaratdi, u ion kanallariga — hujayra membranasi orqali moddalar o‘tadigan maxsus yo‘llarga yig‘iladi. So‘ngra unga ferritin nomli temir tutuvchi oqsil-tuzoqqa yopishish imkoni berildi. Oxirgi qadamda, yuqorida aytib o‘tilgan ferritin tomonidan ushlab turilgan atomlarga ta’sir o‘tkazish va kanallarni ochib-yopish uchun magnit maydonidan foydalanildi.

Parkinson kasalligi bilan og‘rigan sichqonlarda o‘tkazilgan dastlabki tajribalar yakunida magnit-rezonans tomograf yoki MRT ta’siri ostida sinalgan miyaning qismi joyida qotib qolgan. Ya’ni olimlar har qanday harakatni nazorat qila olgan. G‘oyaga ko‘ra, texnologiyani odamlarda qo‘llash surunkali miya kasalliklari paytida xarakterli harakat tebranishlari va titrash, shuningdek, boshqa g‘ayritabiiy harakatlarni kamaytirishga imkon beradi.

Mavzuga oid