Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Spark haydovchisi rulda uxlab qolgan va o‘z yo‘nalishida kelayotgan Damas bilan to‘qnashgan.
Andijon viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Hodisa 2024 yil 13 oktyabr kuni tunda soat 01:30 da 4R-81 Namangan-Mingbuloq avtomobil yo‘lining Ulug‘nor tumani O‘zbekiston mahallasi hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
Spark haydovchisi charchoq holatida uxlab qolib, boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan. So‘ng o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda yong‘in kelib chiqqan va har ikkala transport vositasi to‘liq yonib ketgan. Hodisada ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
09:31 / 20.11.2024