O‘zbekiston | 11:40
1070
1 daqiqa o‘qiladi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Oybek Elmuratov 1999 yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, mehnat faoliyatini “O‘zmilliybank” loyihani moliyalashtirish markazi mutaxassisi sifatida boshlagan.

Keyinchalik Moliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, ushbu vazirlikning Yo‘l jamg‘armasi boshlig‘i o‘rinbosari, BMTning O‘zbekistondagi loyiha menejeri, “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi departamenti boshlig‘i, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqarma boshlig‘i kabi qator mas’ul vazifalarda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan. 

Mavzuga oid