Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Damas kanalga tushib ketdi
Damas kanalga tushib ketganda mashina ichida haydovchi bilan birga uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ham bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Farg‘ona kanaliga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 19 oktyabr kuni 17:07 da FVBga Farg‘ona viloyati Toshloq tumani "Naymanbo‘ston" MFYda yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgani haqida xabar tushgan.
Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va maxsus texnika hamda qutqaruv asbob-anjomlari yordamida mashina kanaldan chiqarib olingan.
Qayd etilishicha, Damas kanalga tushib ketgan paytda uning haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ham bo‘lgan. Ular mashina suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi
16:20 / 03.05.2025