RF qo‘shinlari Zaporijjyaga hujum qildi: 10 kishi yaralandi
Rossiya armiyasining Zaporijjyaga bergan aviazarbasi natijasida kamida 10 kishi jarohatlangan. Ular orasida 9 va 13 yoshli ikki qiz ham bor, deb xabar qildi mahalliy hukumat.
Rossiya qo‘shinlari 19 oktyabr, shanba kuni kechqurun Ukrainaning Zaporijjya shahriga boshqariladigan aviatsion bombalar bilan hujum qildi, dedi oblast harbiy ma’muriyati boshlig‘i Ivan Fedorov. Zarba natijasida kamida 10 kishi, jumladan, 9 va 13 yoshli ikki qiz yaralangan. Bolalar shifoxonada o‘rtacha og‘ir ahvolda, dedi Fedorov. 82 yoshli ayol ham jarohat olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Zaporijjya markaziga ikki marta zarba bergan. Bombalardan biri «gipermarketdan bir necha yuz metr uzoqlikda tushgan», dedi Fedorov.
Hujumdan bir necha soat o‘tgach, Rossiyaning uchuvchisiz uchish apparatlari, ballistik raketalar va boshqariladigan aviabombalar bilan zarba berishi xavfi tufayli Zaporijjya viloyatida yana havo trevogasi e’lon qilindi.
ZAES xodimi avtomobilda bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi
Rossiya nazorati ostidagi Zaporijjya atom elektr stansiyasi xavfsizlik boshqarmasi guruhi rahbari Energodarda mashinasida qo‘lbola portlovchi qurilmaning portlashi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Telegramʼda 4 oktyabr kuni ertalab Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Shu bilan birga, Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy qurbon kim ekanini ochiqladi — «shahar kengashi deputati» Andrey Yurevich Korotkiy. U dalil keltirmasdan, sodir bo‘lgan voqealarda Kiyevni aybladi.
RF Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi umumiy xavfli usulda qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
15:41 / 13.11.2024
RF Davlat dumasi «chayldfri targ‘iboti»ni taqiqlovchi qonunni qabul qildi
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:30 / 11.11.2024
RF Zaporijjya va Mikolayivga zarba berdi: kamida besh kishi halok bo‘ldi
11:59 / 08.11.2024