O‘zbekiston | 19:31 / 21.10.2024
3297
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva UNFPA’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv davomida tomonlar bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi mavzusini muhokama qildi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 21 oktyabr kuni UNFPA’ning (BMT Aholishunoslik jamg‘armasi) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida asosiy e’tibor ta’lim, sog‘liqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratilgan.

«Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi, shuningdek, onalar va bolalar o‘limi mavzusini keng muhokama qildik. UNFPA tomoni ushbu sohalarda mamlakatimizga ekspertlik ko‘magi va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi xodimlarini tabriklagandi. «Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi hamda uni davolash bo‘yicha yangi davlat dasturi doirasida ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtiramiz», — degan edi prezident yordamchisi.

Mavzuga oid