O‘zbekiston | 12:10 / 23.10.2024
1150
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov YeXHT DIIHBning O‘zbekistondagi saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: TIV

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB)ning O‘zbekistondagi saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Duglas Veyk bilan uchrashdi.

"YeXHT DIIHBning O‘zbekistondagi saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Duglas Veyk janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Qayd etilishicha, missiyaning O‘zbekistonda muvaffaqiyatli va samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. 

"Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini ta’minlash yo‘lidagi qadamlar, o‘zaro hamkorligimizni yanada mustahkamlash borasida fikr almashdik", deydi Baxtiyor Saidov.

Mavzuga oid