Jamiyat | 17:00 / 24.10.2024
5102
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kapitalbank Raiffeisenbank International AG mukofotiga sazovor bo‘ldi

Foto: Kapitalbank

Pekinda bo‘lib o‘tgan SIBOS 2024 xalqaro forumi doirasida Kapitalbank Raiffeisenbank International AG kompaniyasining “Muxbirlik aloqalari va to‘lovlarni amalga oshirish sohasida erishgan yutuqlari uchun” mukofotini qo‘lga kiritdi. Avstriya banki 20 yildan buyon Kapitalbankning yetakchi xorijiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

— Asosiy hamkorlarimizdan birining e’tirofiga sazovor bo‘lish biz uchun katta sharafdir. Mukofot nafaqat Kapitalbank va Raiffeisenbank International AG o‘rtasidagi hamkorlikning yuqori darajasini tasdiqlaydi, balki hamkorligimiz ishonchliligi va barqaror rivojlanishi ramzi bo‘lib xizmat qiladi, — ta’kidladi Kapitalbank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov. — Xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish bizga butun dunyo bo‘ylab mijozlarimizga moslashuvchan va ishonchli xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.

Yigirma yillik hamkorlik davomida Kapitalbank va Raiffeisenbank International AG bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirib, mijozlar va hamkorlarga eng yaxshi moliyaviy yechimlar va xizmatlarni taqdim etdi.

 

Raiffeisenbank International AG haqida

1927 yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda u Avstriyaning eng yirik bank guruhlaridan biri hisoblanadi. Avstriyadan tashqari, u Markaziy va Sharqiy Yevropaning yana 14 ta davlatida faoliyat yuritib, 17,2 million mijozga xizmat ko‘rsatadi.

SIBOS haqida

SIBOS konferensiya-ko‘rgazmasi – naqd pul muomalasi, qimmatli qog‘ozlar va savdo masalalarida tajriba almashish va jamoaviy qarorlar qabul qilish bo‘yicha eng yirik bank tadbiridir va 1978 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi, xalqaro banklararo axborot uzatish va to‘lov tizimi - SWIFT tomonidan tashkil etilgan. Joriy yilda Kapitalbank O‘zbekiston banklari orasida forumning birinchi rasmiy ishtirokchi-eksponenti bo‘ldi.

Reklama

Mavzuga oid