Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telekommunikatsiyalar operatorlariga ayrim soliq va bojxona imtiyozlari beriladi
Senatning 59-yalpi majlisida “Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini respublika hududiga olib kirishda telekommunikatsiyalar operatorlariga soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga muvofiq endilikda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan respublika hududiga olib kiriladigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari soliq solishdan ozod qilinadi va mazkur texnik vositalar soliq solish obekti hisoblanmaydi.
Bundan tashqari, Bojxona kodeksiga yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni bojxona bojini to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Shuningdek, harbiy xizmatni nazarda tutuvchi boshqa idoralar harbiy yuklar bojxona rasmiylashtiruvida bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinmoqda.
Mavzuga oid
07:30 / 03.01.2025
Telekommunikatsiya xizmatlari me’yorga muvofiqligi yuzasidan monitoring amalga oshiriladi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
12:12 / 03.12.2024
Favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish qoidalari tasdiqlandi
13:04 / 23.10.2024