O‘zbekiston | 09:44 / 26.10.2024
110966
1 daqiqa o‘qiladi

Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirildi - manba

Bugun, 26 oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, suiqasd tungi soat 1:30 lar atrofida Komil Allamjonovning Qibray tumanidagi uyi yaqinida sodir bo‘lgan. 
Ikki noma’lum shaxs u o‘tirgan mashinaga bir necha bor o‘q uzib, hodisa joyidan yashiringan. Allamjonovga zarar yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, Komil Allamjonov joriy yil 30 sentabr kuni Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimidan ozod etilgandi. Keyinroq u faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid