Jamiyat | 15:03 / 27.10.2024
4962
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qurilish tashkiloti elektr tarmog‘ini uzib yubordi

Holat Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan va oqibatda 500 dan oshiq xonadon chiroqsiz qolgan.

Foto: Energetika vazirligi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida qurilish tashkiloti elektr tarmog‘iga shikast yetkazgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 oktyabr kuni soat 10:20 da “M.M.P.”MChJga qarashli qurilish tashkiloti Yakkasaroy tumanidagi yerosti gaz quvurini elektr va gaz ta’minoti tashkilotlari hamda “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishmasdan ko‘chirish ishlarini olib borayotgan vaqtida elektr uzatish kabel tarmog‘iga shikast yetkazgan.

Oqibatda tumanning Boshliq mavzesi va Bobur mahallasida 530 ta iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda.

Mavzuga oid