Sport | 17:46 / 29.10.2024
22118
1 daqiqa o‘qiladi

Abbosbek Fayzullayev - Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!

Bugun, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Tribuna.uz

OFK tomonidan yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida O‘zbekiston milliy jamoasi hamda TsSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. 

O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchidan tashqari, Yaponiya yoshlar jamoasi a’zosi Gaku Navata hamda Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubi a’zosi Ba Jun Ho ham g‘oliblikka nomzod edi va yakunda Fayzullayev ularni ortda qoldirib, sovringa ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, Fayzullayev 2023 yilning yozida TsSKA safiga qo‘shilgach, o‘tgan bir yilda Rossiya Premer ligasida jami 33 o‘yinda 6ta gol va 9ta assistga mualliflik qildi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi safida Qatardagi Osiyo kubogida 5 o‘yinda 2ta gol, JCh-2026 saralash bosqichida esa 10ta o‘yinda maydonga tushdi.

Mavzuga oid