Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
Sunview Group kompaniyasi menejeri Energetika vazirligi qoshidagi Yashil Energiya MChJ bilan ijtimoiy obektlar va davlat idoralariga panellarni o‘rnatish ishlarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Selangor shtatining Kuala-Langat tumani Jyenjarom shaharchasi hududida joylashgan Sunview Group kompaniyasiga qarashli quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurib, kompaniyaning loyihalar menejeri Jon Stid bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida Jon Stid kompaniya tomonidan ushbu Jyenjarom quyosh fotoelektr stansiyasining texnik xususiyatlari bilan tanishtirdi. Uning aytishicha, 32 gektar maydonda qurilgan ushbu stansiya shu yil iyul oyida qurib bitkazilgan. Stansiyaning umumiy quvvati 26 MVt va umumiy elektr tarmog‘iga elektr energiyasi uzatmoqda.
Sunview Group kompaniyasi vakiliga ko‘ra, joriy yil iyul oyida kompaniya va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida ikkita quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha dastlabki shartlarni belgilash to‘g‘risidagi bitim imzolangan.
Jon Stid Energetika vazirligi qoshidagi Yashil Energiya MChJ bilan ijtimoiy obektlar va davlat idoralariga panellarni o‘rnatish ishlarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Sunview Group kompaniyasi vakili, shuningdek, kompaniya Qashqadaryo viloyatida suv nasos stansiyalarini qayta tiklanuvchi elektr manbalari bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari va texnik xususiyatlari o‘rganish ishlarini ham boshlashga tayyorligi bildirdi.
Mavzuga oid
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
16:58 / 16.11.2024
O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga oshirmoqchi
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
09:29 / 06.11.2024