Toshkent shahridagi ayrim AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
Yunusobod va Shayxontohur tumanida joylashgan AYoQShda Ai-92 va Ai-95 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-92 va Ai-95 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, o‘rganishlar davomida bu kabi holat Shayxontohur tumanida joylashgan AYoQShda ham aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
07:30 / 04.11.2024
Toshkentdagi yana uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
12:30 / 24.10.2024
Toshkent viloyatining uch hududida sifatsiz benzin sotayotgan AYoQSh aniqlandi
07:30 / 23.10.2024
Toshkent viloyatidagi ayrim zapravkalarda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
16:20 / 21.10.2024