O‘zbekiston | 14:50 / 31.10.2024
2085
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi

MDH sammitida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi.

"Mamlakatimizdagi parlament va mahalliy Kengashlar saylovlarida MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev janoblari bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. 

Qayd etilishicha, yaqinda bo‘lib o‘tgan MDH sammitida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, hamkorlikni mustahkamlash, bo‘lajak tadbirlar jadvali kabi masalalar muhokama qilindi.

Mavzuga oid