Pokiston prezidenti samolyotdan tushishda yiqilib, oyog‘i sindi
69 yoshli prezident Zardoriy so‘nggi yillarda sog‘lig‘ida ko‘plab muammolarga duch kelmoqda.
Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy 30 oktyabr kuni kechqurun Dubay xalqaro aeroportida samolyotdan tushayotganda yiqildi va oyog‘i sindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib Dawn gazetasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Zardoriy darhol davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan va oyog‘iga gips qo‘yilgan. «Gips to‘rt hafta davomida oyog‘ida qoladi», deyiladi bayonotda.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, prezident Zardoriy uyiga jo‘natilgan va unga to‘liq dam olish tavsiya qilingan.
69 yoshli prezident so‘nggi yillarda sog‘lig‘ida ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. 2023 yil mart oyida u Birlashgan Arab Amirliklarida ko‘zini operatsiya qildirdi.
2022 yilda u o‘pka infeksiyasini davolash uchun shifoxonaga yotqizildi. Bundan bir yil oldin Zardoriy tez-tez sayohat qilishdan kelib chiqqan «zo‘riqish va charchoq» tufayli Pokistondagi xususiy shifoxonaga yotqizilgan edi.
Mavzuga oid
18:24 / 04.11.2024
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
18:21 / 04.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi me’yordan 60 baravar oshgani sababli maktablar yopildi
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
15:10 / 02.11.2024