Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jaguar Britaniyada avtomobil sotishni to‘xtatdi
Kompaniya 2025 yildan boshlab faqat lyuks elektromobillar ishlab chiqaruvchi brendga aylanishini e’lon qilgandi, ammo hali birorta elektromobil taqdim etgani yo‘q.
Britaniyaning Jaguar kompaniyasi mamlakat ichki bozorida yangi rusumdagi avtomobillarni sotishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Motor1 kompaniya bayonotiga tayanib.
Nashr izohlashicha, sotuvlarning to‘xtatilishi brend qariyb to‘rt yil oldin taqdim etgan Reimagine strategiyasi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, Jaguar 2025 yilga kelib, lyuks elektromobillar ishlab chiqaruvchi brendga aylanishi kerak.
Britaniya bozori uchun ichki yonuv dvigatelida yuradigan barcha modellar — E-Pace, XE XF, F-Type va F-Pace’ni ishlab chiqarish to‘xtatilgan bo‘lib, yig‘ilgan avtomobillar hammasi allaqachon sotib bo‘lindi. Tashqi bozorlar uchun F-Pace yo‘ltanlamas avtomobillari hali ishlab chiqarilmoqda, ammo Motor1 nashri ta’kidlashicha, “ularning ham sanoqli kuni qolgan”.
Amaldagi strategiyaga muvofiq Jaguar endi BMW, Mercedes-Benz va Audi bilan emas, balki Bentley va Aston Martin bilan raqobatlashmoqchi.
Kompaniya hali birorta elektromobil taqdim etgani yo‘q. Ammo ulardan birinchisi Porsche Taycan bilan raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. 2026 yilda esa Jaguar Bentley Bentayga uchun raqobatchi chiqarishni va’da qilmoqda.
2023 yilda Jaguar Land Rover kompaniyasi rebrending o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi: endi u oddiygina qilib JLR deb ataladi. Bundan tashqari, kompaniya mahsulotlar qatoridan Land Rover brendi butunlay yo‘qoladi. Uning o‘rniga birdaniga uchta marka —Defender, Discovery va Range Rover paydo bo‘ladi. Bular Land Rover yo‘ltanlamaslari oilalaridan chiqqan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025