O‘zbekiston | 11:00 / 05.11.2024
32948
2 daqiqa o‘qiladi

Shoir Mansur Jumayev 33 yoshda vafot etdi

Uning o‘limiga nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Shaxsiy arxiv

Bugun, 5 noyabr kuni iste’dodli va taniqli yosh shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berib, shoirning yaqinlariga ta’ziya bildirgan.

Marhumning yaqinlaridan biri o‘limga nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lganini aytgan.

Mansur Jumayev 1991 yili Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Adabiy targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. 

Shoirning «Oq orzularim», «Hayrat qo‘shiqlari», «Hazrati ishq» nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Bir qator asarlari rus, ingliz, turk, ozarboyjon, tojik, qoraqalpoq va boshqa tillarga tarjima qilinib, nufuzli xorijiy nashrlarda e’lon qilingan. Shu kunlarda chop etilgan «Izlam» turkumida ham «Biz kutgan fasl» nomli she’riy to‘plami chiqqandi. Bu uning oxirgi kitobi bo‘lib qoldi.

Tahririyat marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Mavzuga oid