AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
Shu paytgacha demokratlar Kongressning yuqori palatasida ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ular buni muntazam ravishda ijobiy ovoz bergan to‘rt mustaqil senatorning qo‘llab-quvvatlashi tufayli olishgandi.
AQSh Kongressiga saylovlarda Donald Trampning respublikachilari yuqori palatada ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi 6 noyabr, chorshanba kuni AP axborot agentligi va Fox News telekanali saylovchilar o‘rtasidagi so‘rovlar va dastlabki ovozlar hisobiga tayanib. Shu paytgacha demokratlar Senatda minimal ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ular buni muntazam ravishda ijobiy ovoz bergan to‘rt mustaqil senatorning qo‘llab-quvvatlashi tufayli qo‘lga kiritgandi.
Respublikachilar Senatga saylovlarda asosan mustaqil nomzod Dan Osbornga qarshi keskin kurashda o‘z o‘rnini himoya qilishga muvaffaq bo‘lgan Nebraska shtatidan respublikachi senator Deb Fisherning g‘alabasi evaziga ustunlikka erishdi. Bu respublikachilarga to‘siqni yengib o‘tish va yuqori palata ustidan nazoratni qo‘lga kiritish imkonini berdi.
AQSh Kongressining muhim roli
AQSh prezidenti uchun Kongressning yordami muhim. Ikkala palatada ham qo‘llab-quvvatlanmagan Amerika davlat rahbari ko‘pincha katta muammolarga duch keladi. Kongress AQSh budjetini qabul qiladi va qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Xususan, Senat AQSh ma’muriyatidagi asosiy tayinlovlarni ma’qullaydi. Yuqori palata tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, prezident vazirlar, elchilar va sudyalar lavozimiga nomzodlarni taqdim eta olmaydi, chunki barcha yuqori darajadagi tayinlovlar senatorlar tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bu Senatning Oq uy xodimlari va faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini anglatadi.
Vakillar palatasiga saylov va referendumlar
AQShda prezidentlik saylovlariga parallel ravishda Kongressga saylovlar o‘tkazilmoqda, unda quyi palata — Vakillar palatasidagi barcha 435 o‘rin va Senatdagi 34 o‘rin taqdiri hal qilinmoqda.
Shu bilan birga, ko‘plab shtatlarda marixuanani qonuniylashtirish kabi bahsli mavzularda referendumlar o‘tkazildi. Kongress saylovlarida ovozlarni sanash hali yakuniga yetmadi, amaldagi prezident Jo Bayden va nomzod Kamala Harris boshchiligidagi demokratlar ko‘pchilik ovoz olishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 25.11.2024
Eng kichik asteroid: u Yerga qachon va qanday qulagan?
08:10 / 25.11.2024
Aleksandr Darchiyev RFning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024