Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli qurilish binosi shartnomasiz elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Energetika xavfsizligi oyligi doirasida «O‘zenergoinspeksiya» yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Xususan, Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «T.M.» yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli qurilish binosi shartnomasiz elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ta’minot korxonasiga 1 mlrd 94 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025