Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
Turkiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Ozarboyjon va Shimoliy Kipr yagona turkiy alifboga o‘tishga tayyor.
Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) Bishkekdagi yig‘ilishida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hamkasblarini umumiy alifboga o‘tish bo‘yicha qaror qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Uning eslatishicha, sentabr oyida Bokuda TDT komissiyasi 34 ta harfdan iborat lotin alifbosidagi umumiy alifbo bo‘yicha kelishib oldi va «bu tarixiy voqea bo‘ldi».
«Bizning umumiy alifbomiz ham kelajakni birgalikda qurayotganimizdan dalolatdir. Endi ishtirokchi davlatlar ushbu alifbo asosida kerakli transformatsiyani amalga oshirishi kerak. Turkiya, Ozarboyjon va Shimoliy Kipr yagona turkiy alifboga o‘tishga tayyor. Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston yangi alifboga o‘tish yo‘lida qadam tashlashi maqsadga muvofiq bo‘lardi», dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Shu yil sentabr oyida Ozarboyjonda o‘tkazilgan turkiy davlatlar olimlari yig‘ilishida Xalqaro turk akademiyasi va Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) tomonidan tuzilgan Turk dunyosi umumiy alifbo komissiyasi 34 harfdan iborat umumiy turk alifbosi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan edi.
Mavzuga oid
21:37
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
16:56
Turkiyaga me’yordan ortiq tamaki mahsulotlarini olib kirgan o‘zbekistonliklar qamoqqa olinmoqda
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
11:40 / 19.11.2024