Jahon | 14:04 / 06.11.2024
4411
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev KXDRning Rossiyaga harbiy yordamiga qat’iy javobni talab qilmoqda

Ukraina prezidenti Zelenskiy Shimoliy Koreya askarlarining Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishi keskinlashuvning yangi bosqichi ekanligini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari allaqachon Kursk oblastida Ukraina qurolli kuchlari bilan jangga kirishgan.

Foto: KCNA / TACC

Kiyevdagi hukumat Shimoliy Koreya askarlarining Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushida ishtirok etgani isbotlanganini e’lon qildi va jahon hamjamiyatidan qat’iy javob berishni talab qildi. Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov 6 noyabr, chorshanba kuni e’lon qilingan Janubiy Koreyaning KBS telekanaliga bergan intervyusida shimoliy koreyaliklar bilan ilk janglar haqida ma’lum qildi. Shu bilan birga, u rossiyaliklar shimoliy koreyaliklarni buryatlar qiyofasida yashirayotganini, shuning uchun KXDR harbiy xizmatchilarini aniqlash qiyinligini ta’kidladi.

Amerika matbuoti xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari dastlab Rossiyaning Kursk oblastida Ukraina qurolli kuchlariga qarshi janglarda qatnashgan. «Urushda Shimoliy Koreya askarlarining ishtiroki bilan dunyoda beqarorlikning yangi sahifasi ochilmoqda», dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 noyabr kuni kechqurun xalqqa telemurojaatida.

Zelenskiy: KXDR askarlari jalb qilinishi Rossiyani mag‘lub etish sari qadam bo‘lishi kerak

Ukraina prezidenti Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilarining jangovar harakatlardagi ishtiroki haqida Umerovga qaraganda kamroq gapirdi. Shu bilan birga, u aniq talabni shakllantirdi: «Xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda biz Rossiyaning urushni kengaytirish, kuchayish yo‘lidagi bu qadami Rossiya uchun ham, Shimoliy Koreya uchun ham mag‘lubiyat sari qadam bo‘lishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak».

Ukraina, AQSh va Janubiy Koreya hukumatlari va harbiylari bir necha kundan beri Shimoliy Koreya askarlarining Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tomonida ishtirok etishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Kursk oblastiga bostirib kirgan ukrainalik askarlarga qarshi kurashda KXDRning 15 ming askaridan foydalanishi mumkin.

Mavzuga oid