Toshkentda Matiz haydovchisi 83 yoshli piyodani urib yubordi
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkent shahrining Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasida 5 noyabr kuni soat 13:10 larda YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi B.N. Matiz mashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1941 yilda tug‘ilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin Toshkentning uchta tumanida YTH sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:53 / 25.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
12:14 / 01.08.2024
Poytaxtda 25 ta yerusti piyodalar o‘tish joylari quriladi
08:16 / 20.06.2024
Toshkentda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustunga borib urildi
09:46 / 09.06.2024