Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Barak Obama Trampning saylovdagi g‘alabasi Demokratik partiya kutgan «natija» emasligini tan oldi va hokimiyat tinch yo‘l bilan o‘tkazilishi muhimligini ta’kidladi.
AQSh sobiq prezidenti, demokrat Barak Obama respublikachi Donald Trampni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi, deb xabar berdi AFP 7 noyabr, payshanbaga o‘tar kechasi.
Shu bilan birga, rafiqasi Mishel bilan saylovoldi kampaniyasida Demokratik partiyadagi safdoshi Kamala Harrisni faol qo‘llab-quvvatlagan Obama hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tkazilishi muhimligini ta’kidlagan. «Ochig‘i, bu biz kutgan natija emas. Lekin demokratiyada yashash bizning pozitsiyamiz har doim ham g‘alaba qozonmasligini qabul qila olish va hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tkazilishiga rozi bo‘lishni ham anglatadi», — dedi sobiq prezident.
Barak Obama AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris va uning vitse-prezident lavozimiga nomzodi Tim Uolzni «ajoyib kampaniyani o‘tkazgan davlatning ikki favqulodda xizmatkori» deb atadi.
Harrisning o‘zi ham 6 noyabr kuni Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alabasi bilan tabriklagan. Shu bilan birga, u hokimiyatning tinch yo‘l bilan almashishi muhimligini va prezident sifatida barcha amerikaliklarning manfaatlarini hisobga olish zarurligini ta’kidladi. Demokrat «barcha odamlar uchun erkinlik, imkoniyat, adolat va qadr-qimmat hamda Amerika xalqining qalbini tashkil etuvchi ideallar uchun» kurashni to‘xtatmasligini qo‘shimcha qildi.
Tramp hukumatdagi ishlar uchun nomzodlarni tanlayapti
Ayni paytda Donald Trampning saylovoldi shtabi 7 noyabrga o‘tar kechasi yaqin haftalarda hukumat lavozimlariga nomzodlar to‘g‘risida qaror qabul qilishini e’lon qildi. Ular saylangan prezident rahbarligida ishlaydi va «amerikaliklarning hayotini moliyaviy jihatdan qulay va xavfsiz qiladigan» siyosatni amalga oshiradi, deyiladi shtab bayonotida.
Respublikachilar Kongressning har ikki palatasida 2021 yildan beri birinchi marta Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025