Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro B.X. A.A.ning ishonchiga kirib, uni Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 7400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro A.Q. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 10 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
11:36 / 12.04.2025