Dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston bo‘yicha 8-10 noyabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kunduz kunlari havo harorati +8...+13 daraja, ba’zi joylarda +15 darajagacha, kechalari +0...+5 daraja atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda bugun kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi, shimolda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ho‘l qor) bo‘lishi mumkin.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Poytaxtda bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari asosan +0...+3 daraja, kunduz kunlari +10...+13 daraja bo‘ladi.