O‘zbekiston | 07:59 / 11.11.2024
2989
1 daqiqa o‘qiladi

“Yashil energiya” uchun aholiga salkam 9 mlrd so‘m subsidiya berildi

2024 yilning 9 oyida 6 ming nafardan ortiq fuqaroga 8,9 milliard so‘mlik subsidiya hisoblandi. 

Foto: Kun.uz

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

2024 yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya olgan.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati — 2,1 milliard so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,5 milliard so‘m;
  • Toshkent shahri — 1,2 milliard so‘m.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid