O‘zbekiston | 10:50 / 12.11.2024
3575
2 daqiqa o‘qiladi

Kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda

Prezident tomonidan «Ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun imzolandi.

Kiritilayotgan qo‘shimchalar bilan ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish haqida talab arz qilinganda sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ham ilova qilinishi belgilanmoqda

1) ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi;
2) ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasining ko‘chirma nusxasi -  ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda;
3) qarz yuzaga kelgan davr ko‘rsatilgan qarz hisob-kitobi;
4) qarzni uzish to‘g‘risidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari o‘zlari ko‘rsatgan xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish haqidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga hamda iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. Bunda, ularninr talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Mavzuga oid