Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
Isuzu rusumli transport vositasi 95 bosh mayda shoxli mollarni urib yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyatida ko‘plab qo‘ylar avtomobil tagida qolib nobud bo‘lgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati YHXB bunga izoh berib, qo‘ylarni Isuzu rusumli avtomobil urib yuborganini tasdiqladi.
«17 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.S. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli transport vositasi Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi «G‘uzor-Samarqand» yo‘lining 105 kilometrida 95 bosh mayda shoxli mollarni urib yuborgan», deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Holat yuzasidan Ko‘kdala tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
11:56 / 28.05.2025
Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025