Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 km masofani bosib o‘tadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Mazkur dizel poyezdi «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJ va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ shartnomasi asosida qurilgan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, uning tarkibida 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor. Biznes-klass o‘rindiqlari yo‘nalish bo‘yicha o‘zgaradi. Hozirda poyezd mazkur yo‘nalishda sinovdan o‘tkazish jarayonida.
Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 km masofani bosib o‘tadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.
Vagonlar afzalliklari ularning qulayligidan tashqari, yozda sovitish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular to‘xtab turganda ham ishlashda davom etadi.


Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
08:48 / 16.05.2025