Jamiyat | 09:30
1290
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Yashnobod tumanida joylashgan MChJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. 

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Toshkent shahrida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanida joylashgan “K.I.” MChJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid