O‘zbekiston | 13:52 / 20.11.2024
1417
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rgatish jarayonini yo‘lga qo‘yadi

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi va Fransiyaning CAVILAM - Alliance française markazi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Muloqot davomida O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rgatish va tajribali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar, shuningdek, O‘zbekistonda tashkil etilgan ijod maktablari va ularda yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berildi.

Jumladan, joriy yilda Fransiya hukumati bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun Nitssa shahrida malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli tashkil etilgani va ushbu yo‘nalishda Fransiyaning boshqa yetakchi ta’lim muassasalari bilan ham yaqindan hamkorlik qilish talabi ortayotgani ta’kidlandi.

CAVILAM - Alliance française markazi rahbari Magali Lepron O‘zbekiston ijod maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun markazda malaka oshirish va ta’lim dasturlarini tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikka oid memorandum loyihasini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishib oldilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid