O‘zbekiston | 11:37
969
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida importni 50 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda

Hukumat qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni 1,3 barobar oshirishi, har gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazishi zarur.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tyapti.

Prezident aholi soni ko‘payib borayotgan hozirgi sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Bu borada qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, avvalo, meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish, yangi urug‘ navlarini yaratib, importni 50 foizga qisqartirish bo‘yicha dasturlar bor.

Hukumat bu dasturlar ijrosini ta’minlab, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni 1,3 barobar oshirish, har gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish, sohada eksport hajmi 10 milliard dollardan iborat bo‘lishi, suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yer maydonlarini 2 karra oshirish bo‘yicha ishni samarali tashkil etishi zarur.

Yangi yilda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishga 5 trillion so‘m, kanallarni betonlashga 800 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid