Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Kuvaytning yetakchi ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyasining Surxondaryo viloyatiga biznes missiyasi tashkil etildi.
Safar davomida Kuvayt kompaniyalari vakillari Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abduvohidov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Muzokaralar chog‘ida Surxondaryo viloyatida Ona va bola klasterini tashkil etish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, yurak-qon tomir va boshqa og‘ir jarrohlik amaliyotlarni hamkorlikda o‘tkazish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, viloyatda import qilinayotgan dori vositalari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish masalalari xususida fikr almashildi.
Kuvayt biznesi vakillari safar davomida viloyatdagi erkin savdo zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar, hududlararo savdo aloqalarini kengaytirish uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Sherobod tumaniga tashrif davomida esa tibbiyot o‘quv markazi, laboratoriya va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun taklif etilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025